Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: "Qachon banda namoz o‘qigani tursa, gunohlari uning boshi va yelkasi ustiga olib kelinadi. Har gal ruku va sajda qilganida gunohlari birin ketin to‘kiladi" (Imom Bayhaqiy rivoyati).
O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida yangi, 2026-2027 o‘quv yilining boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari uchun dars jarayonlari 2026 yil 7 sentyabrdan boshlanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati