frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi

24.08.2025   17148   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, shu yil 20–24 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Stavropol va Rostov hududlariga O‘zbekiston delegatsiyasining xizmat safari tashkil etildi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — vaqtincha Rossiyada yashab turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
 

Delegatsiya tarkibida bir qator vazirlik va idoralar vakillari, shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov uchrashuvlar chog‘ida yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ularga vatan sog‘inchi, adolat va ma’rifat ruhida suhbatlar o‘tkazdi.


Muloqotlarda diniy bag‘rikenglik, halol mehnat, ijtimoiy tarmoqlardan mas’uliyatli foydalanish, yoshlar o‘rtasidagi diniy savodxonlik va turli g‘arazli oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga tegishli mavzulardagi ma’lumotnomalar va bukletlar tarqatildi.


Safar doirasida Stavropol musulmonlari qozisi Muhammad hazrat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shunga qo‘shimcha, Xalqaro Kavkaz universitetida tahsil olayotgan 285 nafar o‘zbekistonlik talabalar bilan alohida uchrashuv o‘tkazildi. Universitet ma’muriyati o‘zbekistonlik yoshlarning bilimga chanqoqligi va odob-axloqini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, "Ovakon" MCHJ qurilish tashkilotining 500 nafar, "Yugstroy invest" qurilish tashkilotining 200 nafar ishchilari bilan ham ana shunday ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi. 


Uchrashuvlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining duo va salomlari yetkazildi. Shu bilan birga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, diniy-ma’naviy soha taraqqiyoti haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyadagi uchrashuvlari samarali o‘tdi
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

14.08.2026   40589   1 min.
Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida    «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati