Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar” (An’om surasi, 112-oyat).
Voqelikda sodir bo‘layotgan hodisalarni vahiy nazari bilan o‘qish mo‘minni Allohning diniga yordam berishga undaydi, u Allohning tadbiri bilan xotirjam, Uning qazosi (taqdiri)ga rozi bo‘lgan holda, oqibat taqvodorlar uchun ekaniga ishonch hosil qiladi.
Zotan, osmonlar va Yerni boshqarish kalitlari Unga (Allohga) tegishli. U xohlaganini aziz qiladi, xohlaganini xor qiladi, yaxshilik Uning qo‘lidadir va U hamma narsaga qodirdir.
Ahmad Abdulmun’im
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.
Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati