Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Sentabr, 2026   |   17 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:16
Peshin
12:14
Asr
16:24
Shom
18:15
Xufton
19:29
Bismillah
28 Sentabr, 2026, 17 Rabi`us soni, 1448

Hamdardlik bildiramiz

27.08.2025   6820   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati vakilligi bosh muhtasibi Shavkat hoji Ataboyevning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi. 


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga xususan, Shavkat hoji Ataboyevga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malayziyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

28.09.2026   1590   1 min.
Malayziyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Malayziyaning “MATTA” va “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari rahbariyati, mahalliy turoperatorlar, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyacining Kuala-Lumpurdagi vakillari ishtirok etdi.

Malayziyalik ishtirokchilarga O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Elchixona diplomatlarining ta’kidlanishicha, hozirda vizasiz rejim 94 dan ortiq davlat, jumladan, Malayziya fuqarolari uchun amal qilmoqda.

O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent bo‘yicha dasturlar, ziyorat, tarixiy-madaniy, qishki, MICE va gastronomik turizm yo‘nalishlari bo‘yicha sayyohlik paketlarini taqdim etdi.

“Uzbekistan Airways” vakillari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar haqida ma’lumot berdi. Qish mavsumida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar sonini haftasiga ikkitadan to‘rttagacha oshirish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning kengayishi Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi sayyohlar oqimining o‘sishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

B2B formatidagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish, Malayziyada ziyorat, qishki va MICE turizmi yo‘nalishlari bo‘yicha sayyohlik paketlari savdosini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Malayziyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi
O'zbekiston yangiliklari