Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 523 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 195 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 147 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 87 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 94 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 8 nafarini chet el fuqarolari, 45 nafarini ayol, 31 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 220 nafarini yoshlar (shulardan 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 15 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida Navoiy viloyati imom-xatiblari o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Tadbir Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurjon domla Atoyev, viloyat hokimining o‘rinbosari Elyor Mardonov, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bellashuvda viloyatning 11 ta hududidan 7 ta jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra:
1 o‘rin — Karmana tumani "Qosim shayx" jamoasi
2 o‘rin — Zarafshon shahrining "Qizilqum" jamoasi
3 o‘rin — Navbahor tumani "Qalqon ota" jamoasi egallashdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Navoiy viloyati vakilligi
Matbuot xizmati