Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Noyabr, 2026   |   13 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:57
Quyosh
07:15
Peshin
12:15
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:17
Bismillah
23 Noyabr, 2026, 13 Jumadul soni, 1448

Egasidan beruxsat olingan daraxtlar

22.02.2024   1219   2 min.
Egasidan beruxsat olingan daraxtlar

Cavol: Bir xonadonda bir nechta olma daraxtlari bor ekan. Surishtirib bilinsa, bu daraxtlar nihollik vaqtida o'g'irlab olib kelingan ekan. Honadon egasi qilgan xatosini tushunib, nima qilishni bilmayapti. Kesib tashlasinmi yoki boshqa nimadir qilish mumkinmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda hech kim o'zgaga tegishli narsani uning ruxsatisiz eyishi, ishlatishi mumkin emas.

Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Musulmon kishining moli boshqaga halol emas, faqatgina o'zi rozi bo'lib, ko'nglidan chiqarib bersa, halol bo'ladi”(Imom Ahmad rivoyati).

O'g'irlangan narsalar haqiqiy egasining haqi hisoblanadi. Shuning uchun bu odam nihol egasini topib, daraxtni ham, mevasini ham qaytarishi va qilgan o'g'irligi uchun istig'for aytishi lozim bo'ladi. Yoki qiymatini berib, egasining roziligi bilan mazkur daraxtlardan foydalanishi ham mumkin.

Agar egasini topishning iloji bo'lmasa, daraxtni ko'chirib, biror umumiy foydalanish joylariga, masalan, ko'cha, bolalar bog'chasi, maktablarga ekib bersin. Ana shunda savobi egasiga borib turadi.

Bu haqda fiqhiy manbalarimizda bunday deyilgan: “Biror kishining zimmasida qarzlar yoki zulm bilan olingan narsalar bo'lsa va ularning egalari topilmasa, garchi barcha mol-mulkiga teng miqdorda bo'lsa ham olgan narsalari miqdoricha sadaqa qiladi. Shu bilan u oxiratdagi javobgarlikdan qutiladi” (“Tanvirul absor” kitobi). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   111867   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari