Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2026   |   18 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:03
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2026, 18 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda

05.09.2025   10421   1 min.
Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda

#xabar #anjuman #muftiy

Shu yil 4 sentyabr kuni Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyro shahrida «Ma’naviy Ipak Yo‘li: millatlar va qit’alarni yaqinlashtirishda ma’naviy qadriyatlarning o‘rni» nomli xalqaro konferensiya boshlandi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etmoqda.


Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, Muhammad bin Zoid nomidagi Gumanitar universitet hamda Braziliya musulmonlari uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan VI-xalqaro anjumanda Birlashgan Arab Amirliklari, Misr Arab Respublikasi, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Eron, Qozog‘iston, Efiopiya, Janubiy Afrika kabi davlatlarning zabardast ulamolari, davlat va din arboblari qatnashmoqda.


Anjumanda butun dunyoda, xususan, islom olamida tinchlikni saqlash, musulmon ummati jipsligi, xalqlar hamjihatligini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim masalalar muhokama qilinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda Braziliyadagi nufuzli anjumanda o‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

06.02.2026   657   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Idora xodimi Yusuf Mingto‘rayevning akasi Karim hoji boboning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
 

Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo Yusuf Mingto‘rayev va marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhumni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.


Inna lillahi va inna ilayhi roji’un!
«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz U Zotga qaytuvchimiz».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari