O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan Respublika miqyosida sportning futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha "Muftiy kubogi" o‘yinlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan 2025 yil 6 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati "Alpomish" o‘yingohida viloyat bosqichining yakuniy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat bosqichining yakuniy uchrashuvida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
Futbol bo‘yicha:
• 1-o‘rin Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari imomlaridan tarkib topgan jamoa
• 2-o‘rin Termiz shahar jamoasi
• 3-o‘rin Denov va Uzun tumanlari imomlaridan tarkib topgan jamoa
Stol tennisi bo‘yicha:
• 1-o‘rin Termiz shahar jamoasi
• 2-o‘rin Termiz tumani jamoasi
• 3-o‘rin Denov tumani jamoasi
Shaxmat bo‘yicha:
• 1-o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi
• 2-o‘rin Sho‘rchi tumani jamoasi
• 3-o‘rin Termiz shahar jamoasi
Shashka bo‘yicha:
• 1-o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi
• 2-o‘rin Boysun tumani jamoasi
• 3-o‘rin Qiziriq shahar jamoasi
Surxonmuslim.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga amaliy yechimlar berilmoqda.
Jumladan, bugun, 11 mart kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi qabulni o‘tkazib, ta’lim, oilaviy masalalar va moddiy yordam so‘rab kelgan fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdi.
Murojaatchilarning oilaviy munosabatlarda kelganlariga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu ezgu an’ana nafaqat markaziy idorada, balki yurtimizdagi barcha jome masjidlarda ham har chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan muntazam davom ettirilmoqda. Zero, insonlar og‘irini yengil qilish – asosiy maqsadimiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati