Bismillahir Rohmanir Rohiym
Anas roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suvni tik turib ichishdan qaytarganlar” (Imom Muslim rivoyati).
O‘tirib suv ichganda jismdan zararli moddalar chiqib ketadi. Ayniqsa buyrak toshlari ham tashqariga haydaladi.
Suvni uch marta bo‘lib-bo‘lib ichganingizda esa, har safar to‘xtab, nafas olganingizda, havodan kislorod olib, bu bilan tanangizga insulin yuborar ekansiz.
Insulin esa tanani qandli (diabet) kasalligi bilan og‘rishining oldini oladi.
Bu ko‘pchilik amal qilmaydigan birgina sunnatning foydasi. Agar butun umrimizni Qur’on va sunnatga muvofiq qurganimizda edi, ikki dunyo saodatiga erishgan bo‘lar edik...
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahar «Abu Bakr as-Siddiq» jome’ masjidida gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Ushbu suhbatda imom-noib Dilshod domla Xodiyev ma’ruza qilib, «Musulmonning musulmonga nisbatan ehtiromi» mavzusida batafsil tushunchalar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollariga javob berildi. Jarayon malakali surdo tarjimon orqali ishtirokchilarga yetkazilib, ularning to‘liq faol ishtirokini ta’minladi.
Suhbat yakunlangach, homiylar ko‘magida ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Yaratgan Haq taolo bu xayrli ishlarni bardavom va samarali aylasin!
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati