Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2025   |   21 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:24
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:53
Bismillah
13 Sentabr, 2025, 21 Rabi`ul avval, 1447
Yangiliklar

TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI BISHKЕK SHAHRIDA YIG‘ILADI

12.09.2025   1540   1 min.
TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI BISHKЕK SHAHRIDA YIG‘ILADI

#xabar #anjuman #muftiy
Joriy yilning 10-13 sentyabr kunlari Turkiy davlatlar muftiylari kengashining VI yig‘ilishi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh, Ozarbayjon musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshozoda, Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zboy hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Abdulaziz qori Zokirov qatnashadi.


Anjuman doirasida Turkiy davlatlar muftiylari kengashi huzuridagi Fatvolar kengashi hay’atining majlisi, «Imom Sirojiddin O‘shiy va uning islomiy ilmlarga qo‘shgan hissasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, ikki tomonlama muzokaralar, muborak qadamjolarga ziyoratlar rejalashtirilgan. 


Ushbu xalqaro tadbirlarda ummat birligini ta’minlash, turkiy dunyo diniy idoralari va musulmonlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, global muammolarga birgalikda yechim topish va Islom dini sofligini asrash kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.


Ma’lumot o‘rnida, Turkiy davlatlar tashkiloti tarkibiga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. Vengriya va Turkmaniston uning faoliyati kuzatuvchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR

12.09.2025   2492   2 min.
SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR

11 sentyabr, kunning ikkinchi yarmida Bishkek shahrida “Sirojiddin O‘shiy va uning islom ilmlariga qo‘shgan hissasi” mavzusida Turkiy davlatlar olimlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. 
 

 Unda Turkiy davlatlar muftiylari, xususan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, din va davlat arboblari, taniqli ulamolar, yetuk islomshunoslar va diniy soha xodimlari qatnashdi.


Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirda tadqiqotchi va olimlar, jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi rahbari o‘rinbosari G‘ulomiddin domla Xolboyev hamda ushbu markaz ulamosi Hikmatulloh domla Toshtemirov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 

 Ahli sunna val jamoa ulamolari sof e’tiqodni avlodlarga yetkazishda ta’lif etgan muxtasar matnlar ichida Sirojiddin Ali ibn Usmon O‘shiyning “Bad’ul amoliy” asari muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. 

 

 Asarda asosiy e’tiqodiy masalalar Hanafiy mazhabi va Moturidiy aqidasi bo‘yicha lo‘nda bayon etilgani, turli nusxalari mavjudligi, unga ko‘plab sharhlar yozilgani qayd etildi.

 

Darhaqiqat, “Bad’ul amoliy” asari sakkiz yuz yildan buyon sof e’tiqodni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etib kelmoqda va bugungi kunda ham yoshlarni yot g‘oyalardan muhofaza qilish va ma’naviy komillikni ta’minlashda muhim manba hisoblanadi.

 

 Anjumanda so‘zga chiqqanlar O‘shda tug‘ilib, Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan, Farg‘ona vodiysida xizmat qiligan, turkiy xalqlar uchun mushtarak ulamo sanalgan Sirojiddin O‘shiy asarlari va ularning tadqiqi, Movarounnahrda X–XII asrlarda islom ilmlari rivoji va madrasalar holati, turkiy tildagi asarlarning islom ilmlarini tarqatishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

 

Ushbu ilmiy meros bugun ham dolzarb, turkiy dunyo ma’naviy taraqqiyotida juda muhim ekani ma’ruzachilar tomonidan e’tirof etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR SIROJIDDIN O‘SHIY ILMIY MЕROSI TURKIY XALQLARNING UMUMIY BOYLIGIDIR
Dunyo yangiliklari