Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda!

17.09.2025   11123   1 min.
Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda!

Xabar berganimizdek, yaxshi niyat ila yurtimizdan umra safariga otlangan navbatdagi guruh ziyoratchilari eson-omon Jidda shahriga yetib keldi. Bu yerda ularni mutasaddilar kutib olib, zamonaviy avtobuslarlarga o‘tkazib, Madinai munavvaraga kuzatishdi.  

Ziyoratchilarimiz Payg‘ambarimiz alayhissalom shaharlariga borgunga qadar Saudiya Arabistonining mashhur tansiq taomlaridan biri – Albaykni tanovvul qilib, chanqoqbosdi salqin ichimliklarni ichish bilan birga tajribali ellikboshilardan ma’ruzalar tinglab, duoyu zikrlar ila ruhiy ozuqa oldilar.    

Madinai munavvarada ham yurtdoshlarimiz munosib kutib olindi. So‘ngra mehmonxona oshxonasida tushlik qilib, o‘zlarining shinam xonalariga joylashdilar. 

Ikkinchi kuni erta tongdan ziyoratchilarimiz Masjidun Nabaviyda bomdod namozini ado etib, Ravzai sharif ziyorati, muborak shahardagi Uhud tog‘i, Qubo masjidi ziyoratiga bordilar, Xurmo bog‘larida sayr qilib, yangi xurmo mevalaridan yedilar. 

Islom tarixida katta o‘ringa ega bo‘lgan bu makonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan, guruhboshilaridan ular haqidagi voqealarni tinglagan ziyoratchilar go‘yoki o‘zlarini Saodat asriga tushib qolgandek his qilib, bir olam taassurot, ilmu ixloslari ziyoda bo‘lgan holda mehmonxonaga qaytdi. 

Ayni paytda hamyurtlarimiz shavqu zavq ila ibodat va ziyoratlarni davom ettirmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda! Mavlid oyidagi Madina ziyorati hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda!
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   10045   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari