Er-xotin havonot bog‘ida yurardi. Maymunlar yonidan o‘tayotganlarida ayoli urg‘ochi maymunga parvona bo‘layotgan erkak maymunni ko‘rib:
– Qarang, qanday g‘amxo‘r, mehribon ekan, – dedi.
Eri unga bir jilmayib indamay qo‘yaqoldi.
Keyin ular sherlar qafasi yonidan o‘tishdi. Erkak sher bir chetda beparvo yotar, urg‘ochisi undan uzoqda edi. Ayol eriga yana:
– Qarang, anavi sher ayolidan uzoqda, loqayd yotibdi. Oilasiga g‘amxo‘r emas, shekilli, – dedi.
Shunda er ayoliga:
– Qani, urg‘ochi sherga biror narsa uloqtirib ko‘r-chi? – dedi.
Ayol bir kichkina cho‘pni urg‘ochi sherga qarata uloqtirdi. Shunda erkak sher tezda o‘rnidan turib, vajohat bilan ayolini himoya qilish uchun ayolga tomon yugurib qoldi. Uning vajohatidan qo‘rqib ketgan ayol erining ortiga o‘tib oldi. Er ayolini yetaklab maymunlar tomon yurdi va unga:
– Endi maymunlarga ham biror narsa uloqtir-chi? – dedi. Ayol yana bir cho‘pni olib achomlashib o‘tirgan maymunlarga qarata otdi. Shunda erkak maymun o‘zini jonini saqlash maqsadida daraxt tepasiga qarab qochib qoldi.
Erkak ayoliga qarab bunday dedi:
– Ko‘rdingmi, xotin, hamma narsa ham ko‘ringani kabi bo‘lavermaydi.
Darhaqiqat, ko‘pchilikni ko‘p narsalarning zohiri aldab qo‘yadi. Ammo ba’zan biz ko‘zimiz bilan ko‘rgan narsalar aslidan boshqacha bo‘lib chiqishi ham mumkin. Yolg‘on ko‘ringan narsa esa ba’zida rost bo‘lib chiqishi mumkin. Shunday ekan, xulosa qilishga shoshilmaylik.
Akbarshoh Rasulov
Loyihaning maqsadi yozuvlarni lingvistik jihatdan chuqur tahlil qilish, 3D skanerlash formati yordamida raqamlashtirish hamda ularning tarixiy va madaniy konteksti bilan taqqoslanadigan yagona raqamli ma’lumotlar bazasini yaratishdir. Bu olimlarga yozuv va tillarning rivojlanishini, shuningdek, qadimgi jamiyatlarning Al-Ula vohasi bilan o‘zaro ta’sirini chuqurroq tushunish imkonini beradi, deb xabar beradi, IslamNews nashri.
Al-Ula: Sivilizatsiyalar chorrahasi
Tadqiqotchilar o‘nta turli til va yozuvlardagi yozuvlarni topishdir, bu kashfiyot Al-Ulaning madaniy markaz va sivilizatsiyalar uchrashadigan joy sifatidagi maqomini tasdiqlaydi. Asosiy arxeologik joylardan biri Dadan va boshqa Shimoliy arab tillaridagi ko‘plab matnlar ombori bo‘lgan Aqma tog‘i (Jabal Aqma). 2023 yilda xalqaro YUNЕSKO tashkiloti ushbu joyni Jahon xotirasi reyestriga kiritdi va uni “qadimgi davrning eng katta ochiq kutubxonasi” deb nomladi.
Yana bir cho‘qqi, Aqra tog‘ida tarixiy ziyorat yo‘llari bilan bog‘liq ilk arabcha islom yozuvlari mavjud. IslamNews xabar berishicha, Dadan va al-Hijr (Madain Solih) orasidagi yo‘llar savdo va Haj davrini aks ettiruvchi dastlabki arabcha matnlarning bir qismini saqlab qolgan.
Vadi Abu Avd kabi vodiylarda kundalik hayot manzaralari, qabila ramzlari va insonning tabiat bilan o‘zaro ta’sirini tasvirlab beradigan Lihi va qoyatosh yozuvlari mavjud.
Eng muhim yodgorliklar qatorida 24 hijriy (taxminan 645 yil) sanaga oid “Zuhayr yozuvi” bor. U al-Ulada arab tilining tarqalishi va islom sivilizatsiyasining paydo bo‘lishi haqidagi dastlabki yozma yozuvlardan biri hisoblanadi.
Ta’lim va merosni saqlash
Loyiha shuningdek, arxeologik fanlarga qiziquvchi talabalar uchun o‘quv dasturlarini va tarixiy merosga jamoatchilikning qiziqishini oshirish tashabbuslarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari til, tarix va arxeologiya bo‘yicha ixtisoslashgan akademik jurnallarda nashr etiladi.
Qirollik komissiyasi ushbu loyiha Saudiya Arabistonining madaniy merosni saqlash, akademik bilimlarni rivojlantirish va al-Ula viloyatining mintaqada uch ming yildan ortiq vaqt davomida gullab-yashnagan qadimiy sivilizatsiyalar va tillarni o‘rganish bo‘yicha global markaz sifatidagi maqomini mustahkamlashga sodiqligini aks ettirishini ta’kidlaydi.
Manbalar asosida
I.AHMЕDOV tayyorladi.