Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2025   |   3 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:22
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:01
Xufton
18:18
Bismillah
24 Noyabr, 2025, 3 Jumadul soni, 1447
Maqolalar

Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

25.09.2025   6960   1 min.
Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi

 Janubiy Koreya musulmonlari bilan diniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, u yerda yashab, ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov xizmat safari bilan ushbu davlatda bo‘lib turibdi.

Kecha, 24 sentyabr kuni Gunsan shahrida joylashgan "Anas ibn Molik" masjidida 250 nafar vatandoshimiz bilan diniy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.

Rais o‘rinbosari ona vatandan, yaqinlaridan uzoqda yurgan hamyurtlarimizning o‘qish va ishlarida Yaratgan madadkor bo‘lishini tilab, ilm va oila nafaqasi yo‘lida yurish katta savob keltiradigan amallardan ekanini ta’kidladi. Shuningdek, haqiqiy mo‘min o‘z tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbatli bo‘lishi, har qanday fitnalardan ogoh bo‘lishi borasida Islom manbalariga tayangan holda so‘zladi.

Suhbat davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. So‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chop etilgan 5 turdagi diniy-ma’rifiy bukletlar tarqatildi. Jamoat bilan o‘qilgan xufton namozidan keyin xayrli duolar qilindi.

Safar davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi Zayniddin domla Eshonqulov Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rostgo‘ylik jannatga boshlaydi

21.11.2025   6935   1 min.
Rostgo‘ylik jannatga boshlaydi

حدثنا ابن عفان العامري نا ابن نمير عن الأعمش عن شقيق قال: قال عبد الله قال رسول الله صلى الله عليه وسلم عليكم بالصدق فإن الصدق يهدي إلى البر والبر يهدي إلى الجنة وإن الرجل ليصدق حتى يكتب عند الله صديقا وإياكم والكذب فإن الكذب يهدي إلى الفجور والفجور يهدي إلى النار وإن الرجل ليكذب حتى يكتب عند الله كذابا.
 

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bunday dedilar: “Rostgo‘ylikni lozim tuting. Chunki rostgo‘ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi faqat rost gapiraversa, Allohning huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘ondan saqlaning. Chunki yolg‘on fisq-fujurga boshlaydi, fisq-fujur esa do‘zaxga boshlaydi. Kishi yolg‘on gapiraversa, Allohning huzurida kazzob deb yozilib qoladi”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi