Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2026   |   15 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2026, 15 Muharram, 1448

Tashahhud duosi

02.10.2025   12189   1 min.
Tashahhud duosi

حدثنا العباس الدوري نا الحسين بن علي الجعفي عن الحسن بن الحر عن القاسم بن مخيمرة قال: أخذ علقمة بيدي وقال: أخذ عبد الله بن مسعود بيدي قال: أخذ رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم بيدي فعلمني التشهد للصلاة: ”التحيات لله والصلوات والطيبات السلام عليك أيها النبي ورحمة الله وبركاته السلام علينا وعلى عباد الله الصالحين أشهد أن لا إله إلا الله وأشهد أن محمدا عبده ورسوله.

Alqama aytadi: “Abdulloh ibn Mas’ud qo‘limdan tutib bunday dedi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam qo‘limdan ushlab, namoz uchun tashahhudni (bunday) o‘rgatdilar: Attahiyyaatu lillaahi vas-solavaatu vat-toyyibaat. As-salaamu ’alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokaatuh. As-salaamu ’alayna va ’ala ’ibaadillaahis-soolihiyn. Ashhadu allaa ilaha illaallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhuu va Rasuluhu”.

Tashahhudning ma’nosi: “Salomlar, duolar va pok narsalar Alloh uchundir. Ey Nabiy, sizga salom va Allohning rahmatu barakoti bo‘lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga salom bo‘lsin. Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Muhammad Allohning Rasuli va bandasi, deb guvohlik beraman”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston va Singapur mutaxassislari ekstremizmga qarshi ilmiy yondashuvlarni muhokama qildi

30.06.2026   2510   1 min.
O‘zbekiston va Singapur mutaxassislari ekstremizmga qarshi ilmiy yondashuvlarni muhokama qildi

O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillarining Singapurga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida ushbu mamlakatning Diniy reabilitatsiya guruhi (“Religious Rehabilitation Group”) hamda Nanyang texnologik universiteti huzuridagi S.Rajaratnam nomidagi xalqaro tadqiqotlar maktabida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida radikallashuv va ekstremizmning oldini olish, deradikalizatsiya, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, strategik kommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda axborot makonida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ilmiy asoslangan raddiyalar ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston va Singapur tajribasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Singapur tomoni “RRG” va “RSIS” markazlari faoliyati misolida radikallashuvga qarshi tizimli profilaktika, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan individual reabilitatsiya ishlarini olib borish, ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilmiy-tahliliy tadqiqotlar olib borish va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish amaliyoti haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jamiyatda bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, yoshlarni radikal oqimlar ta’siridan himoya qilishda ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish borasidagi izchil chora-tadbirlar bilan singapurlik sheriklarni tanishtirdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar ekstremizmga qarshi kurashish, xavfsizlikni ta’minlashda strategik kommunikatsiyalarni kuchaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ikki davlat sohaviy mutaxassislari o‘rtasida akademik almashinuvlar va hamkorlikdagi anjumanlarni tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekiston va Singapur mutaxassislari ekstremizmga qarshi ilmiy yondashuvlarni muhokama qildi
Dunyo yangiliklari