Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shavvol oyida ro‘za tutishning foydalaridan biri - farz ro‘zasida yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlarni to‘ldirishidir.
Hofiz Ibn Rajab Hanbaliy bunday deydi: "Shavvol va Sha’bon oylarida ro‘za tutish - farz namozidan oldin va keyin o‘qiladigan sunnat namozlar kabidir. Ular orqali farzda sodir bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar to‘ldiriladi. Chunki Qiyomat kuni farz amallar nafl ibodatlar bilan to‘ldiriladi va mukammal qilinadi. Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan turli rivoyatlar kelgan. Odamlarning ko‘pchiligi farz ro‘zasida kamchilik va nuqsonga yo‘l qo‘yadi, shuning uchun uni to‘ldirib, mukammal qiladigan amallarga muhtoj bo‘ladi".
Homidjon domla ISHMATBЕKOV