frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda

07.10.2025   9211   1 min.
Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda

Mamlakatimizdagi masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va belgilangan talablarga to‘la javob berishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan mo‘min-musulmonlar emin-erkin ibodat qilishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish uchun rejali ishlar amalga oshirib kelinadi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumi arafasida tegishli ko‘rsatma va buyruqlar asosida, masjid xonaqohlari, qo‘shimcha binolar, yer to‘la, dudbo‘ronlar, tahoratxonalar, qozonxonalar va tutash bo‘lgan inshootlarda har jihatdan xavfsizlikni ta’minlashga katta urg‘u qaratildi. Yong‘in xavfsizligiga mas’ul shaxslar tayinlandi.

Yaqin kunlarda havo haroratining pasayishi kutilayotgani e’tiboridan, masjidlarning texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlarini navbatdagi nazoratdan o‘tkazish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu tadbirlarga Favqylodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mutaxassislari jalb etildi.

O‘rganishlar davomida belgilangan talablarga javob bermaydigan ayrim masjidlardagi issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlashdagi kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etildi. Shuningdek, isitish tizimida quyosh panellari, geokollektorlar, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish va sharoitga qarab, ko‘mir zahiralarini tayyorlash kabi chora-tadbirlar ko‘rildi.

Mana shunday keng ko‘lamli chora-tadbirlardan asosiy maqsad fuqarolarimiz xotirjam, emin-erkin ibodat qilishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   11595   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari