frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi

08.10.2025   10633   1 min.
Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi

Kecha, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirda dastlab Muftiy hazratlari nutq so‘zlab, ushbu keng qamrovli tadbirlarning ahamiyati, mohiyati, unda erishilgan yutuqlar, natijalar, tajriba almashinuvlarning din peshvolari uchun tarixiy va juda foydali bo‘lishini e’tirof etdilar. 

Ikki kunlik tadbirlar davomida kasb mahoratini oshirish, aholi bilan muloqot qilish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash hamda xayriya yordamlari uyushtirishdagi uyushqoqlik, yuzma-yuz muloqotlar orqali o‘zaro birdamlik muhiti yanada mustahkamlanishi aytib o‘tildi. 

Viloyatning 16 ta shahar va tumanidagi 182 ta masjidda bo‘lingani, jamoatga suhbat qilish, masjidni boshqarish va targ‘ibot tadbirlari, ayniqsa, musulmonlarning ruhiy-ma’naviy ehtiyojini qondirish bo‘yicha mahalliy imom-xatiblarga ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqlar tez orada o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatishiga umid bildirildi.

Ishtirokchilarga ularning o‘rganishlar davomida to‘plagan bilim va ko‘nikmalari, ish uslublari va ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirishga doir tavsiyalar berib o‘tildi. 

Yig‘ilish davomida har bir bosh imom-xatib o‘z hududi masjidlarida hujjat yuritish, imom-xatiblar faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, aholi vakillari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va amaliy ko‘maklar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari hisobotini berdi.

Seminar yakunida ilmiy-amaliy seminar davomida to‘plangan tajriba va natijalarni tizimda keng ommalashtirish bo‘yicha xulosalar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi Ilmiy-amaliy anjuman ilg‘or tajriba va yangicha yondashuvlarga boy bo‘ldi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

27.08.2026   18431   2 min.
“Orta Lectura”: O‘zbekiston xavfsiz sayyohlik yo‘nalishi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

Ispaniyaning “Orta Lectura” nashrida O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda hamda xorijiy davlatlarning sayyohlar uchun tavsiyalarida yuqori xavfsizlik darajasiga ega mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

World Justice Project (WJP) tomonidan e’lon qilingan “Rule of Law Index 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 143 ta mamlakat orasida 17-o‘rinni, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 15 ta mamlakat orasida esa 1-o‘rinni egalladi.

WJP indeksi 215 mingdan ortiq fuqarolar hamda 4 ming 100 nafardan ziyod huquqshunos va ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

“Gallup” kompaniyasining “2025 Global Safety Report” ma’ruzasida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston aholisining 86 foizi kechasi yolg‘iz yurganda o‘zini to‘liq xavfsiz his qiladi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 73 foizlik darajadan sezilarli darajada yuqoridir. Shu bilan birga, “Law and Order Index”ning kengroq ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakatimiz 100 dan 91 ball to‘pladi.

Institute for Economics & Peace tomonidan tuziladigan “Global Peace Index 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 30 pog‘onaga yaxshilab, 163 ta mamlakat orasida 1,726 ko‘rsatkich bilan 37-o‘ringa ko‘tarildi. 2026 yilgi rasmiy hisobotda mamlakatimiz tinchlik ko‘rsatkichlari eng yuqori sur’atda yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

AQSH Davlat departamenti “Travel Advisories” tizimida O‘zbekistonga “Level 1 – Exercise Normal Precautions” darajasini, ya’ni “Odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish” tavsiyasini bergan. 2026 yil yanvarda yangilangan tavsiyanomada xavf darajasi oshirilmadi. Bu AQSH Davlat departamenti tomonidan xalqaro sayohatlar uchun belgilanadigan eng past xavf darajasi hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari