Islomda dinni odamlarga qiyin qilib tushuntirish va og‘ir talablar bilan cheklash, ixtilof chiqarish man etilgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha: "Rasululloh alayhissalom: “Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xotirjam qilinglar, bezdirmanglar”, dedilar" (Imom Buxoriy, 6125-hadis).
Imom Tahoviy musulmonlar orasidagi ixtilof chiqaruvchi tajovuzkor shaxslarni qoralab, ta’kidlagan: “G‘ayritabiiy odatlar, xilof, tafriqadan qochamiz. Adolatli, omonatli kishilarni do‘st tutamiz. Zulm va xiyonat ahlini yomon ko‘ramiz”.
O‘tkir G‘uzorov tayyorladi
Manba: https://t.me/Sof_aqida_uz/4302
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati