Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

"Tafriqadan qochamiz"

08.10.2025   9718   1 min.

Islomda dinni odamlarga qiyin qilib tushuntirish va og‘ir talablar bilan cheklash, ixtilof chiqarish man etilgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha: "Rasululloh alayhissalom: “Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xotirjam qilinglar, bezdirmanglar”, dedilar" (Imom Buxoriy, 6125-hadis). 
Imom Tahoviy musulmonlar orasidagi ixtilof chiqaruvchi tajovuzkor shaxslarni qoralab, ta’kidlagan: “G‘ayritabiiy odatlar, xilof, tafriqadan qochamiz. Adolatli, omonatli kishilarni do‘st tutamiz. Zulm va xiyonat ahlini yomon ko‘ramiz”.

O‘tkir G‘uzorov tayyorladi

Manba: https://t.me/Sof_aqida_uz/4302

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saxovatpesha yurtdoshlarimiz masjidlar kommunal to‘lovlarini qo‘llab-quvvatladi

07.08.2026   49426   1 min.
Saxovatpesha yurtdoshlarimiz masjidlar kommunal to‘lovlarini qo‘llab-quvvatladi

2026 yilning iyun–iyul oylari davomida yurtdoshlarimiz tomonidan DOMO mobil ilovasi orqali masjidlarning kommunal xarajatlarini qoplashga qaratilgan xayrli tashabbus faol qo‘llab-quvvatlandi.


Ushbu davr mobaynida 650 ta masjid uchun jami 254,7 million so‘m xayriya mablag‘lari yig‘ilib, po‘latday shaffoflik bilan to‘lovlarga yo‘naltirildi.


Sarflangan mablag‘lar taqsimoti:

  • 225,9 mln so‘m (88,7%) — elektr energiyasi to‘lovlariga;

  • 28,8 mln so‘m (11,3%) — tabiiy gaz xarajatlarini qoplashga.


Eng ko‘p xayriya qilingan hududlar:

  • Toshkent shahri — 103,6 mln so‘m;

  • Toshkent viloyati — 29,3 mln so‘m;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27,4 mln so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 24,9 mln so‘m. 
     

Bu kabi xayrli ehsonlar masjidlarimizning uzluksiz faoliyatini ta’minlash va namozxonlar uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.


Barcha saxovatpesha hamyurtlarimizga samimiy minnatdorlik bildirib, qilinayotgan ezgu amallarga Haq taolodan baraka tilaydi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari