Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Sentabr, 2026   |   15 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:14
Peshin
12:14
Asr
16:27
Shom
18:18
Xufton
19:32
Bismillah
26 Sentabr, 2026, 15 Rabi`us soni, 1448
Maqolalar

Haqiqiy najot – birlikda!

09.10.2025   6989   2 min.
Haqiqiy najot – birlikda!

Bugungi kunda “jihod” so‘zi atrofida turli noto‘g‘ri tushunchalar tarqalmoqda. Ayrimlar uni g‘arazli maqsadlarda talqin qilib, yoshlarimizni aldashga, to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun ham biz haqiqiy jihod nima ekanini bilishimiz, uning tarixiy va shariatdagi o‘rnini to‘g‘ri anglashimiz juda muhimdir.

Jihod bu – ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan ba’zi bir “da’vatchilar” da’vo qilayotganidek islomni kuch bilan yoyish, qurol yordamida tarqatish vositasi emas. Aksincha, dushmanlikni ketkazish, zulmni bartaraf etish va zaiflarni himoya qilish yo‘lidir.

Tarixdan ma’lumki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarni iloji boricha qo‘lni tiyishga va mushriklarni kechirishga chaqirar edilar. Hatto o‘zini himoya qilish uchun ham kofirlarga qarshi jang qilishga ruxsat yo‘q edi. Alloh taolo: “O‘zlariga qarshi urush ochilganlarga zulm qilingani uchun ularga (urush uchun) izn berildi. Alloh ularga nusrat berishga o‘ta qodirdir” (Haj 39) oyatini nozil qildi va bu musulmonlar uchun kofirlarga qarshi urush qilishga izn beruvchi birinchi oyat bo‘ldi. E’tibor bering! Alloh taolo “O‘zlariga qarshi urush ochilganlarga zulm qilingani uchun…” demoqda. Demak, Quraysh kofirlari Nabiy sollallohu alayhi vasallamga va u zotning sahobai kiromlariga istaganlaricha ozor berishgan, zulm qilishgan va musulmonlarga qarshi urush ochishgan. Va nihoyat mazkur oyat karima bilan musulmonlarga mazlum bo‘lganlari, azob-uqubatga qolganlari uchun kofirlarga qarshi urush qilishga ruxsat berilgan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, jihod – hech qachon hukumat barpo qilish yoki yo‘q joydan qo‘zg‘olon ko‘tarish uchun joriy etilmagan.
Bugungi tinchlik va musulmonlar ibodatlarini emin-erkin bajarayotgan zamonda ijtimoiy tarmoqlar orqali jihod oyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishmoqda.

Qur’oni karimda jihod va qitoldan ko‘ra juda ko‘p uchraydigan va takror-takror keladigan “afv”, “kechirim”, “lutf”, “adolat” kabi so‘zlarni ham borligini unutmang! Yoshlarning umrini xazon qilmang! .

Demak, jihod – bu qurol yordamida islomni tarqatish yoki notinchlik chiqarish emas, nafsga qarshi kurashishdir. Bugun tinchlik hukm surayotgan yurtimizda asosiy jihod – ilm olish, yaxshilikka da’vat qilish, yomonlikdan qaytarish va nafsni isloh qilishdir.

Haqiqiy najot – birlikda, tinchlikda va to‘g‘ri aqidadadir.

Alimardon Karomatov,

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi

Matbuot kotibi

 

Boshqa maqolalar
Videolar

“JUMADAN JUMAGACHA” (25.09.2026)

26.09.2026   20311   1 min.

#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha

00:00 Anons

01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi

01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari

03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar

04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda

04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan

06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi

07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid

08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv

08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
 
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.

#yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov
 

VIDEO