Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Oktabr, 2025   |   20 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:13
Quyosh
06:31
Peshin
12:14
Asr
16:03
Shom
17:51
Xufton
19:03
Bismillah
12 Oktabr, 2025, 20 Rabi`us soni, 1447
Yangiliklar

10.10.2025   1010   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi

11.10.2025   562   1 min.
Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi

Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov Chust tumani "Said Nasimxon to‘ra" jome masjidi imomlari tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etib shu tumandagi Xo‘jabod mahallisida joylashgan 4-sonli maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ko‘rishib ularga hadyalar ulashdilar. Ushbu hayrli tadbirda Chust tumani bosh imom xatibi Bahodir domla Sharipov va Namangan viloyati Tojik madaniy markazi raisi mehnat faxriysi Abdusattor hoji G‘ofurov ham ishtirok etishdi.

Musoxon domla ustoz va murabbiylarni yaqinda o‘tgan kasb bayramlari bilan qutlar ekan, muallim bo‘lishdek sharafli kasb egalariga ehtiromi juda baland ekanini izhor etdilar.

Shuningdek, o‘quvchilarga ilm-ma’rifatning foydalari haqida so‘zlab, dinimizda ta’lim olishga kuchli targ‘ib qilingani, ilm insonni komil darajaga yetkazib, ikki dunyoda ham aziz va izzatli qiladigan katta in’omligi, shunday ekan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan bugungi imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda zamonaviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirish lozimligini ta’kidladilar.
Maktab o‘quvchilar uchun 500 ga yaqin badiiy kitoblar
sinf xonasida foydalanish uchun zamonaviy telvizor 
Sport anjomlari va elektr suv isitgichlar hadya qilindi

Hadyalardan maktab ma’muriyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar juda mamnun bo‘lib, minnatdorlik bildirishdi.

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi Namangan viloyati bosh imom-xatibi ilm maskanida bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari