O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:49 Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Qirg'izistonning yangi muftiysini qutladilar
01:10 50 nafarga yaqin fuqaroning murojaatini hal etish chorasi ko'rildi
01:45 Imomlar sport o'yinlarida bellashdi
02:27 Hayrli tashabbusda imom-xatiblar faol
03:10 Imomlar mas'uliyati oshirildi
03:44 Kattaqo'rg'on tumanida aholi muammolari o'rganildi
04:32 "Hadichai Kubro" talabalari bilimlarda bellashdi
05:04 Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi Qur'on kurslari faoliyati o'rganildi
05:51 Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligi oshirildi
06:33 Namangan viloyatida munosiblar taqdirlandi
07:06 Muftiy hazratlari Toshkent shahridagi "Islom ota” jome masjidiga tashrif buyurdilar
07:41 Qur'on musobaqasi g'olibi Umra yo'llanmasini qo'lga kiritdi
08:48 Muslim.uzda hafta davomida e'lon qilingan sara maqolalar bilan tanishing
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.
Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.
Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.
G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati