frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar!

16.10.2025   8397   1 min.
Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar!

Hamyurtlarimiz ayni kunlarda Rasululloh ﷺ shaharlari — muborak Madinada ibodat va ziyoratlar bilan mashg‘ul. Muborak safarga Fatvo markazi ulamosi va tajribali ellikboshilar boshchilik qilmoqda.


Ular ziyoratchilarni Uhud tog‘i va Qubo masjidlariga olib borib, bu muborak joylarning Islom tarixida tutgan o‘rni haqida ta’sirli ma’ruzalar qildilar.


Madina havosidagi sukunat, ulamolarning qalbga kirib boruvchi so‘zlari va ziyoratchilarning ixlosli duolari — har bir insonga zavqu shavq bag‘ishlaydi. 


Alloh taolo bu safardagi hamyurtlarimizning ibodat va ziyoratlarini qabul aylasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar! Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar! Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar! Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar! Madinada ziyoratchilarni ruhlantirgan lahzalar!
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

18.08.2026   29976   1 min.
Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.


“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.


Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi Namanganda 125 oilaga bayram quvonchi ulashildi
O'zbekiston yangiliklari