Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Bir banda: "Ya Robbi lakal hamdu kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonik" dedi. Bu narsa ikki farishtaga(savobini yozish) qiyin bo‘ldi. Savobini qanday yozishni bilmay qoldilar.
Allohning xuzuriga ko‘tarilib: "Yo Robbimiz bir bandang bir so‘zni aytdi, uni qanday yozishni bilmayapmiz" deyishdi.
Alloh bandasining aytganini bilguvchi bo‘lsada: "Bandam nima dedi?" dedi. Ikki farishta bandang: "Ya Robbi lakal hamdu kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonik", dedi.
Alloh taolo ikkisiga: "U kalimani bandam aytganidek yozib qo‘yaveringlar, Menga yo‘liqqanda O‘zim mukofotini beraman" dedi (Ibn Moja rivoyat qilgan).
Alhamdulillah, alhamdulillah kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonik....
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati