Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi

24.10.2025   15432   1 min.
Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi

Bugun, 24 oktyabr kuni Respublika ma’naviyat markazida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, mutasaddi vakillar, OAV xodimlari ishtirok etdi.


Davra suhbatini Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov olib bordi.


Ma’rifiy tadbirda Muftiy hazratlari o‘z nutqlari davomida mavzu bugun dolzarb ekanini ta’kidlab,  masjidlarda imom domlalar to‘ylar, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda tejamkorlik tamoyillariga amal qilish, isrofgarchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha doimiy ilmiy suhbat va tushuntirish olib borayotgani, shuningdek, hojilar bilan  birga “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” shiori ostida amaliy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganini alohida qayd etdilar.


Yig‘ilish so‘ngida umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha 2025 yil oktyabr-dekabr oylarida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi qo‘shma chora-tadbirlar dasturi imzolandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi Isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha dastur imzolandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   5703   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari