Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَخَذَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِى عَقِبَةٍ أَوْ قَالَ فِي ثَنِيَّةٍ، فَلَمَّا عَلَا عَلَيْهَا رَجُلٌ نَادَى فَرَفَعَ صَوْتَهُ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَاللهُ أَكْبَرُ، قَالَ: وَرَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى بَغْلَتِهِ، قَالَ: فَإِنَّكُمْ لَا تَدْعُونَ أَصَمَّ وَلَا غَائِبًا، ثُمَّ قَالَ: يَا أَبَا مُوسَى أَوْ يَا عَبْدَ اللهِ، أَلَا أَدُلُّكَ عَلَى كَلِمَةٍ مِنْ كَنْزِ الْجَنَّةِ؟ قُلْتُ: بَلَى، قَالَ: لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir tepalik yoki dovonga chiqa boshladilar. Uning ustiga chiqilganda bir kishi baland ovoz bilan:
«Laa ilaaha illallohu, Allohu akbar!» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xachirlarining ustida turib:
«Sizlar kar yoki g‘oyib Zotga duo qilayotganlaringiz yo‘q» dedilar. So‘ngra «Ey Abu Muso! Yoki ey Abdulloh! Senga jannat xazinasidan bo‘lgan kalimani ko‘rsataymi?» dedilar.
«Ha», dedim.
«Laa havla va laa quvvata illaa billah», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: «Laa havla va laa quvvata illaa billah»ning ma’nosi «O‘zgarish ham, quvvat ham faqatgina Alloh ila bo‘ladi» demakdir.
Kim ixlos bilan «Laa havla va laa quvvata illaa billahi»ni aytib yursa, jannatning xazinasiga ega bo‘lar ekan.
«Hadis va hayot» kitobining 35-juzi
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat filiali tomonidan «Imom Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning ilm-ma’rifat yo‘lidagi sharafli mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Bayram munosabati bilan 8 nafar ustozga 5 million so‘mdan, jami 40 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, boshqa o‘qituvchi va murabbiylarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan jamlanmalar hamda maishiy texnika vositalari bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
Bayram tadbiri davomida ustoz va murabbiylarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi. Zero, ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajak avlodga ko‘rsatilgan ehtiromdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati