Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2026   |   3 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:49
Bismillah
16 Avgust, 2026, 3 Rabi`ul avval, 1448

Dunyo musulmonlari Ramazonni qanday kutib oldi? (fotojamlanma)

28.03.2023   2483   4 min.
Dunyo musulmonlari Ramazonni qanday kutib oldi? (fotojamlanma)

Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan Reuters butun dunyo musulmonlarining muqaddas oyni qanday kutib olayotgani manzaralari aks etgan suratlarni e'lon qildi.

Tarovih namozini o'qiyotgan indoneziyalik ayollar. Indoneziya, Markaziy Java provintsiyasi, Solo shahri, Shayx Zayd masjidi./ Foto:Reuters
Iftorlik uchun yoyilgan dasturxon. Pokiston, Karachi./ Foto:Reuters
Tarovih o'qiyotgan musulmonlar. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Tarovih o'qiyotgan muslimalarni kuzatayotgan bolakay. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Tarovih o'qiyotgan musulmonlar oldida uxlab qolgan bolakaylar. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters

 

Ramazonning ilk kunida masjid iftorligi uchun ovqat tayyorlayotgan 46 yoshli oshpaz. Malayziya, Kuala-Lumpur./ Foto:Reuters
Ramazoning birinchi kunida Sulton Ahmad maydoni Ayo Sofiya masjidi fonida iftorlik qilayotganlar. Turkiya, Istanbul./ Foto:Reuters
Iftorlik vaqtini kutayotgan kishi. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Jamoat bilan tarovih o'qiyotgan ayollar. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Iftorlik qilayotgan musulmonlarga ovqat tarqatilyapti. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Katta masjidda Qur'on o'qiyotgan musulmonlar. Yaman, Sano./ Foto:Reuters
Iftorlik vaqti bo'lganini odamlarga bildirish uchun otilgan to'p. Turkiya, Istanbul, Sulton Ahmad masjidi./ Foto:Reuters
2023 yilning ilk tarovihida qatnashayotgan ayollar. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Bolasi bilan iftorlik vaqtini kutayotgan erkak. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Ramazonning ilk kunida oyni izlayotgan 66 yoshli Ishoq Sholeh. Indoneziya, Jakarta. Al-Musyari'in masjidi./ Foto:Reuters
Malayziya Islom ma'muriyati va yangi oy chiqishini aniqlaydigan teodolit asbobi. Malayziya, Putrajaya./ Foto:Reuters
Iftorlikni kutayotgan erkaklar. Indoneziya, Jakarta. Katta Istiqlol masjidi./ Foto:Reuters
Ramazonning ilk kunida tarovih o'qiyotgan musulmonlar. Indoneziya, G'arbiy Java viloyati, Bandung shahri, Al-Jabbor masjidi. / Foto:Reuters
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar: «Islom sivilizatsiyasi markazi Uchinchi Renessans g‘oyasining amaliy ifodasi»

13.08.2026   17282   3 min.
Imom-xatiblar: «Islom sivilizatsiyasi markazi Uchinchi Renessans g‘oyasining amaliy ifodasi»

O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotga tatbiq etish, milliy va diniy merosni chuqur o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida Farg‘ona, Qashqadaryo va boshqa hududlardan kelgan imom-xatiblar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldilar. Ular Markazdagi muzey ekspozitsiyalari, noyob qo‘lyozmalar, Renessans davrlariga bag‘ishlangan bo‘limlar va zamonaviy interaktiv yechimlar bilan tanishib, ushbu maskanni ilm, ta’lim va ma’naviyatni uyg‘unlashtirgan muhim milliy platforma sifatida baholadilar, xabar bermoqda iccu.uz.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani «Katta mahalla» masjidi imom-xatibi Rahmatulloh G‘oyibnazarov Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur Markazni yosh avlod uchun muhim ma’rifat maskani sifatida baholadi.

«Bu yerda Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy meros va mamlakatimiz taraqqiyoti haqidagi ekspozitsiyalarni ko‘rib katta taassurot oldik. Bu yerga kelgan har bir inson o‘z tarixini chuqurroq anglaydi, yoshlar esa ilmga va vatanparvarlikka yanada ko‘proq intiladi. Bu yerda olgan bilim va taassurotlarimizni xalqimizga yetkazishni o‘zimizga vazifa deb bilamiz», — dedi u.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani bosh imom-xatibi, «Muborak» jome masjidi imom-xatibi Otabek Xolmurodov Markaz kutubxonasida ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, elektron kitoblar fondi, Brayl alifbosidagi adabiyotlar, maxsus tadqiqot xonalari va noyob manbalarning bir joyda jamlangani Markazni nafaqat muzey, balki keng qamrovli ilmiy resurs markaziga aylantirgan.

«Bu kutubxona ilmiy izlanish bilan shug‘ullanuvchilar uchun haqiqiy bilim maskani ekan. Bu yerda yaratilgan sharoitlar ilm ahlini yanada ko‘proq izlanishga undaydi. Biz bu imkoniyatlar haqida yoshlarimizga albatta targ‘ibot olib boramiz», — dedi u.

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani bosh imom-xatibi Ahmadxon Nizomov esa Markazning ilmiy konsepsiyasiga alohida to‘xtaldi.

Uning fikricha, har bir ekspozitsiya ortida keng ko‘lamli tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar mujassam bo‘lib, bu yerdagi interaktiv muhit tashrif buyuruvchilarni faqat tomoshabin emas, balki izlanuvchiga aylantiradi.

«Bu yerga bir marta kelib barchasini to‘liq anglash qiyin. Har bir ekspozitsiya ortida katta ilmiy mehnat mujassam. Ayniqsa, allomalarimiz merosi, tadqiqot markazlari va interaktiv imkoniyatlar insonni yanada chuqur izlanishga chorlaydi. Bu maskan kelajak avlod uchun ulkan ma’naviy boylik va Yangi O‘zbekistonning ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim poydevordir», — dedi u.

Tashrif yakunida ishtirokchilar Markazda jamlangan boy ilmiy va madaniy meros, raqamli ekspozitsiyalar hamda ta’lim imkoniyatlarini keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish Uchinchi Renessans g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, milliy o‘zlikni anglash va ilmiy merosga qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari