Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohim, bizga Qur’on sevgisini, Qur’on fazlini, Qur’on nurini, Qur’on sakiynatini, Qur’on shifosini, Qur’on barakasini, Qur’on rahmatini, Qur’on hidoyatini, Qur’on ilmini, Qur’on fahmini, Qur’on rif’at, oliyligini, Qur’on odobini, Qur’on boylik, behojatligini, Qur’on najotini va Qur’ondagi narsaga amal qilishni nasib et!
Allohim, bizni Qur’on bilan tiriltir, hayot ber, Qur’on bilan vafot ettir, Qur’on ustida qayta tiriltir! Qur’onni bizga shafoatchi qil va bizni jannatga Qur’on bilan kiritgin!
Mir Arab oliy madrasasi katta o‘qituvchisi Ulug‘bek domla Jiyanov ayni paytda Misr Arab Respublikasidagi nufuzli Al-Azhar universitetida Abdulmajid ibn Nasuh al Hanafiyning "Tuhfatul as'hob va hadiyyatul ahbob" nomli fiqhga oid qo‘lyozma kitobi tadqiqoti yuzasidan doktorlik dissertatsiyasi ishlarini olib bormoqda.
Mazkur ilmiy faoliyat ustozning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish, xalqaro ilmiy tajribani o‘rganish hamda islom ilmlari sohasidagi tadqiqotlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati