Bismillahir Rohmanir Rohiym
Allohim, bizga Qur’on sevgisini, Qur’on fazlini, Qur’on nurini, Qur’on sakiynatini, Qur’on shifosini, Qur’on barakasini, Qur’on rahmatini, Qur’on hidoyatini, Qur’on ilmini, Qur’on fahmini, Qur’on rif’at, oliyligini, Qur’on odobini, Qur’on boylik, behojatligini, Qur’on najotini va Qur’ondagi narsaga amal qilishni nasib et!
Allohim, bizni Qur’on bilan tiriltir, hayot ber, Qur’on bilan vafot ettir, Qur’on ustida qayta tiriltir! Qur’onni bizga shafoatchi qil va bizni jannatga Qur’on bilan kiritgin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi barcha ustoz va murabbiylarni 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Muqaddas dinimizda ilm va ma’rifat ulashuvchi ustozning maqomi yuksak qadrlanadi. Sizlarning yosh avlodga ilm, odob va ma’rifat berish yo‘lidagi sharafli xizmatlaringiz beqiyosdir.
Alloh taolo barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka va ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar ato etsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati