frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi”

04.11.2025   7029   1 min.
Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi”

Joriy yilning 23 oktyabridan 2 noyabriga qadar Haj va umra markazi tomonidan umra safariga borib kelgan ziyoratchilar safar davomida o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlardan juda mamnun bo‘lishdi.


Madinai munavvarada Ravzai sharifga kirish, Uhud tog‘i, Qubo masjidi ziyoratlaridan bir olam tassurotlar olib, ehrom bog‘lab Makkai mukarramaga kelgan ziyoratchilarning hammasi ibodatlarini ado etishdi.


Ka’batulloh tavofi, besh vaqt va nafl namozlar bilan bir qatorda Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylari kabi muborak qadamjolarga uyushtirilgan ziyoratlardan dillarda farah jo‘sh urdi.


Qizil dengizga qilingan sayohat ularning kayfiyatlarini yanada chog‘ etdi.


– Keksayib qolganim uchun, garchi kuyovim va qizim bilan uzoq safarga chiqqan bo‘lsam ham, xavotirim bor edi, – dedi surxondaryolik 76 yoshli Osiyo ona Toshmuhammedova. – Xalqona til bilan aytganda, egali ekanmiz. Ishchi guruhi, ellikboshilar, shifokorlar doim xizmatga shay turishdi. Ibodatlarni birma-bir, yetaklab yurib o‘rgatishdi. Biror joyda yeb-ichishning, mehmonxonaning yo ulovning tashvishini qilmadik. Allohga behisob shukrki, safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi.


Ziyoratchilarni O‘zbekistondan muborak diyorga kuzatishdan tortib, to ona Vatanga qaytishlarigacha bosh-qosh bo‘lganlar haqiga duolar qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi” Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi” Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi” Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi” Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi” Umra ziyoratchisi: “Safarimiz nihoyatda huzur-halovatli o‘tdi”
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   16067   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari