Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448
Yangiliklar

Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda

05.11.2025   11274   1 min.
Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Shu yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Obid Qodirov, Idora bo‘lim boshliqlari Islomiddin domla Zuhriddinov va Muzaffar domla Kamolovlar Buxoro viloyatida bo‘lib, “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlarida ishtirok etishdi.


 Dastlab soha mas’ullari Mir Arab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom yurtida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ularga Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, ta’lim muassasalari rahbarlari hamrohlik qildilar.


Yig‘ilishda diniy ta’limni takomillashtirish, yoshlarni sof e’tiqod va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va malaka ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqotda ularning fikr va takliflari tinglandi. Zayniddin domla Eshonqulov yoshlarni ilmga intilish, vatanparvarlik va axloqiy poklikka chorladi.


Safar davomida soha mas’ullari viloyatda faoliyat yuritayotgan masjid imom-xatiblari va otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda masjidlarda diniy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni tashkil etish, yoshlarni sof e’tiqod va ma’naviy poklik ruhida tarbiyalash hamda imom-xatiblar va otinoyilar malakasini yanada yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, G‘ijduvon tumanida o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasidagi “Sayyor qabul” bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilib, ishchi guruh tomonidan topshiriq va tavsiyalar berildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda Buxoro masjid va madrasalari faoliyati o‘rganilmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   8330   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari