Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2026   |   27 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyul, 2026, 27 Muharram, 1448

Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar

11.11.2025   120634   1 min.
Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar

Yurtimizning barcha hududlarida millatlararo va dinlararo do‘stlik, ahillik, birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni o‘zida jamlagan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida Toshkent fotosuratlar uyida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faollari, diniy konfessiya vakillari, OAV vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari aks ettirilgan 100 dan ortiq asarlar namoyish etildi.

Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda. Bag‘rikenglik haftaligi doirasidagi bunday tadbirlar esa, dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar sirasidandir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar Hamjihatlikka chorlovchi ezgu amallar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ishlarning eng yaxshisi

10.07.2026   15946   3 min.
Ishlarning eng yaxshisi

Din va jamiyat

Islom dini kishini haddan oshish, zo‘ravonlik va adovatdan qaytaradi. Har bir ishda o‘rta yo‘lni tutish, aql bilan ish ko‘rish, adolat va insofni saqlash asosiy mezonlardan ekani ta’kidlanadi.

Afsuski, bugungi kunda ayrim kimsalar dinimizga xos muqaddas tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda. Ular dinning asl mohiyati bo‘lgan tinchlik, o‘zaro mehr-muruvvat va ezgulik g‘oyalarini buzib, odamlar qalbiga mutaassiblik urug‘ini sochishga harakat qilmoqda. Bunday kimsalar xorijda turib ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaviy, fiqhiy, mahzab masalalarida xalqimizni chalg‘itishga urinib, mutaassiblik va boshqa yot g‘oyalarni targ‘ib qilib, ommani shubhalar girdobiga tortishga urinmoqda.

 
Haqiqiy dindorlik odamlardan uzilish, hayotdan chetlashish yoki boshqalarga nisbatan qattiqqo‘llik qilish emas. Balki halol mehnat qilish, ota-onaga hurmat ko‘rsatish, oilaga mas’uliyat bilan qarash, jamiyatga foyda keltirish va ibodatni ixlos bilan ado etishda namoyon bo‘ladi. Mutaassiblik esa shu muvozanatni buzadi. Bunday kishi o‘z fikrini yagona haqiqat deb biladi, boshqa qarashlarni eshitishni istamaydi. Faqat o‘z fikrini o‘tkazishga urinadi. U ko‘p hollarda dinning asl mohiyatini emas, balki o‘zining tor va biryoqlama tushunchasini himoya qiladi. Shu sababli mutaassiblik jamiyatda murosasizlik, adovat va bo‘linishlarga sabab bo‘ladi.


Aslida, chin musulmon o‘z e’tiqodida mustahkam bo‘lishi bilan birga, boshqalarga nisbatan ham odob, hurmat va insof bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Din nomidan qo‘pollik qilish, odamlarni kamsitish, jamiyat tinchligiga raxna solish yoki zo‘ravonlikni oqlash qoralangan.


Payg‘ambarimiz alayhissalom har bir ishda – xoh u dunyoviy bo‘lsin, xoh oxirat amali bo‘lsin – o‘rtacha bo‘lishga chaqirib: “Ishlarning eng yaxshisi o‘rtachasidir”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati). Bu esa Islomda inson hayoti bir tomonga og‘ishgan emas, balki muvozanatli bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.


Bu haqda Qur’oni karimda: “...Rohiblikni esa ular o‘zlari chiqarib oldilar. Biz ularga uni (rohiblikni) yozganimiz yo‘q, lekin ular o‘zlari Allohning rizoligini istab (rohiblik) qildilar-u, so‘ngra unga to‘la rioya qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga mukofotlarni ato etdik. (Ammo) ularning orasida aksariyati fosiq (kofir)dirlar” (Hadid surasi, 27-oyat), deyilgan. Demak, kishi o‘z tabiatiga og‘irlik qiladigan darajada hayotdan uzilib, toat-ibodatga berilib ketmasligi kerak.


Yana bir oyatda: “Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin” (Qasas surasi, 77-oyat). Musulmon kishi dunyoni deb oxiratni unutishi, oxiratni bahona qilib, zimmasidagi bu dunyo ishlarini tashlab qo‘yishi joiz emas.


Mutaassiblik ilmsizlik sababli kelib chiqadi. Ilmli kishi hech qachon o‘zgalar bilan tortishmaydi va har ishda o‘zinikini ma’qullayvermaydi. Aksincha, haq gap aytilganida tan oladi. Shuning uchun farzandlarimizga yoshligidanoq diniy bilimlarni chuqur o‘rgatib, turli fitnalardan ogoh etib borishimiz zarur. Zero, haqiqiy ilm egalarini hech qanday buzg‘unchi g‘oyalar chalg‘ita olmaydi. 

G‘afurjon ESHONQULOV,

Urgut tumanidagi “Chubin” masjidi imom noibi

H. Sadriddinov uyushtirdi.


"Hidoyat" jurnalini 7-sonidan

Maqolalar