frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

13.11.2025   6496   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Al Jazeera”: Samarqandning tarixiy merosi uning zamonaviy taraqqiyoti bilan uyg‘unlashmoqda

21.09.2026   791   2 min.
“Al Jazeera”: Samarqandning tarixiy merosi uning zamonaviy taraqqiyoti bilan uyg‘unlashmoqda

Qatarning “Al Jazeera” telekanali o‘z portalida Samarqand haqida maqola e’lon qilib, unda shaharni Ipak yo‘lining durdonasi hamda islom ilm-fani, madaniyati va me’morchiligining muhim markazi sifatida taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Material muallifi islom sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan jurnalistlar, akademiklar va blogerlar guruhi tarkibida Toshkentdan Samarqandga tezyurar poyezdda yo‘l olgan.

Safarning asosiy obyektlaridan biri yaqinda qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan Imom Buxoriy majmuasi bo‘ldi. Uning tarkibiga 10 ming kishilik masjid, buyuk hadisshunosning hayoti va ilmiy safarlariga bag‘ishlangan muzey, uning maqbarasi hamda Hadis ilmi instituti kiradi.

Muzeyga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, u yerda “Sahih al-Buxoriy”ning qadimiy qo‘lyozmalari, Qur’oni karimning noyob nusxalari, olimning ilmiy safarlari xaritasi, shuningdek, uning ustozlari va shogirdlari haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Muzeyda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Imom Buxoriy ko‘p yillik safarlari davomida 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, ulardan 7,2 mingtasi uning mashhur asariga kiritilgan.

Maqolada, shuningdek, 2018 yilda ochilgan Hadis ilmi maktabi haqida ham so‘z yuritiladi. Bu yerda talabalar besh yil davomida Imom Buxoriy va boshqa muhaddislarning merosini hamda oltita mashhur hadislar to‘plamini atroflicha o‘rganadilar.

Nashrda markaziy o‘rinni Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari joylashgan Registon maydoni egallaydi. “Al Jazeera” ularning me’moriy ahamiyati hamda Samarqandning ilmiy va madaniy rivojlanish tarixi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.

Muallif, shuningdek, Amir Temur, uning farzandlari va nabiralari dafn etilgan Go‘ri Amir maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Temuriylar sulolasi vakillarining maqbaralari joylashgan Shohi Zinda majmuasini ham ziyorat qilgan.

Materialning yakuniy qismida Samarqand Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari bilan bog‘liq qadimiy sivilizatsiyalar va madaniyatlar tutashgan shahar sifatida ta’riflanadi. Muallifning baholashicha, shaharning tarixiy merosi uning zamonaviy taraqqiyoti bilan uyg‘unlashib, avlodlar va madaniy an’analar o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlab kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari