frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda

13.11.2025   14737   2 min.
Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazida “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan forum xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ilmiy va madaniy muassasalar vakillari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Ozarbayjondan kelgan uch yuz nafarga yaqin olimlar va san’at arboblarini birlashtirdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati (WOSCU), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan qutlovi o‘qib eshittirildi. Unda jumladan, bunday deyiladi:

“Bugungi murakkab davrda, dunyoda ziddiyat va mojarolar kuchayib borayotgan bir paytda, tarixdan saboq olish, tinchlik va barqarorlikni asrash, barcha sohalarda ilm va ma’rifatga tayanish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish — eng dolzarb vazifalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda.

Kongress doirasida yangi ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy loyihalar ishlab chiqiladi, ular davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik hamda ma’naviy-madaniy rishtalarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi, degan umiddaman”.

Kongressning aynan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi ramziy ahamiyatga ega. Bu noyob majmua mintaqaning uch ming yillik tarixi, Renessans davrlari va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini mujassam etgan.

Kongress boshlanishida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Markaz qurilishi va uning ichki mazmuniga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Shundan so‘ng davlat idoralari, ilmiy muassasalar va madaniyat arboblari o‘rtasida keng muloqot tashkil etildi. Unda umumiy tarixiy merosni asrash, zamonaviy hamkorlik shakllarini izlash va ma’naviyat g‘oyalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bosh mavzulardan biri yoshlar siyosati bo‘ldi. Yoshlarni ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalari borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etayotgan kongress mintaqaning tarixiy birligi, madaniy merosi va ma’rifiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Taklif etilgan g‘oya va tashabbuslar barqaror taraqqiyot, o‘zaro hurmat va ma’naviy yuksalish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kongress doirasida 15 noyabrga qadar “Yagona o‘tmish – umumiy kelajak”, “Mixxat yozuvidan raqamli arxivlargacha: Markaziy Osiyo kutubxonachiligi istiqbollari”, “Tirik tarix” xalqaro kino forumi hamda “Yoshlar va raqamli davr: qadimiy qo‘lyozmalardan sun’iy intellektgacha” kabi mavzularda sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti

19.08.2026   8545   1 min.
Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti

Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqillik shodiyonalariga sanoqli kunlar qoldi. Ayyom arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bemorlar, keksalar holidan xabar olinib, ularga bayram tuhfalari yetkazib berilyapti.

 

Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida imom-domlalar, homiylar poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" masjidida yig‘ilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali hamda homiylar ko‘magida tayyorlangan oziq-ovqatlar jamlanmasi, shirinliklardan iborat ehsonlar bilan xonadonlarga kirib borildi.

Ko‘ngli o‘ksik insonlar bayram tuhfalarini olib, aziz yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emasligiga yana bir karra amin bo‘lishdi.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. Savoblarini ko‘paytirib bersin!

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti Bayram shukuhi xonadonlarga kirib boryapti
O'zbekiston yangiliklari