Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Ey bandalarim" nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot tadbirida Oliy madrasa O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Uchqun Avliyoqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Mustafo Xodjayev, shayx Ahmad Rajab Ahmad Adaviy, shayx Ahmad Muhammad Ali Misriy, Oliy madrsaning boshqa ustozlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda ustoz Xolmurod domla Rahimov Muftiy hazratlari tomonidan yozilgan mazkur yangi kitob, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risida nutq so‘zladi.
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati