frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar

18.11.2025   9652   1 min.
Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar

17 noyabr kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov va Nursultonxon domla Abdumannonovlar Finlandiya musulmonlari jamiyati imomi Ramil hazrat Belyayev rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildilar.

Mehmonlar mamlakatimizda keng nishonlanayotgan 16 noyabr – "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvda Finlandiya delegatsiyasi Samarqandda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik sohasidagi faoliyatni yuqori baholadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.

Shuningdek, mehmonlar shahrimizning ko‘hna qadamjolari va madaniy meros obyektlarini ko‘rishdan katta zavq olganliklarini ta’kidladilar. Uchrashuv samimiy va foydali ruhda o‘tdi, va tomonlar esdalik sovg‘alari almashdilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar Finlandiyalik din peshvolari Samarqandda mehmon bo‘ldilar
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

06.07.2026   7014   2 min.
Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yurtimizda 7-11 iyul kunlari o‘tkaziladigan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhamedov, ISЕSKO rahbari Salim Muhammad hamda xalqaro al-Furqon jamg‘armasi raisi Sali Shahsuvariy so‘zga chiqdi.


Matbuot anjumanida mazkur nufuzli tadbirning maqsad va vazifalari, uning xalqaro ahamiyati hamda forum doirasida rejalashtirilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot berildi.


Ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilayotgan forumda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli ulamolar, muftiylar, islomshunos olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.


Ushbu forum islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, ilm-ma’rifat va insonparvarlikka asoslangan asl mohiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mazkur anjuman O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, buyuk allomalar merosi va ma’rifiy an’analarini dunyo miqyosida yanada keng namoyon etishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.


Ma’lumot o‘rnida, shu yil 7–8 iyul kunlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida konferensiyalar bo‘lib o‘tadi. 9–10 iyul kunlari esa Samarqand va Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziyning ilmiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.


Forum doirasidagi bunday uchrashuv va muhokamalar ilm-fan, dinlararo muloqot, bag‘rikenglik va ma’rifat tamoyillarini mustahkamlashda muhim amaliy maydon vazifasini bajaradi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari