Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Sayyor yig‘ilishlar doirasida

19.11.2025   9657   1 min.
Sayyor yig‘ilishlar doirasida

Samarqand tumanida ma’naviyat, mehr-shafqat va xayr-saxovat ruhi bilan yodda qolarli sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, sayyor tadbirlarni mazmunli va samarali o‘tkazish bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng tumanning Mergancha mahallasidagi bemori va nogironi bor xonadonlarga kirilib, moddi-ma’naviy ko‘maklashildi. Samimiy muloqot va xayrli duolar qilindi.

***

Urgut tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor yig‘ilish doirasida “Xo‘ja Ubaydullo” jome masjidi hududi yanada ziyoratbop, ko‘rkam maskanga aylandi. Samarqand viloyati imom-xatiblari ishtiroki bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, masjid atrofiga yana bir bor fayz va baraka o‘rnatildi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham ummatlarini yerni obod qilishga, ko‘chat ekishga, tabiatni asrashga da’vat etganlar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom: Qiyomat qoim bo‘layotgan bo‘lsa ham, qo‘lingizda xurmo ko‘chati bo‘lsa, uni eking”, deya tavsiya qilganlar (Imom Ahmad rivoyati).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida Sayyor yig‘ilishlar doirasida
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   9818   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari