frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti

21.11.2025   13765   2 min.

Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo‘lib yetishishning asosiy yo‘li — kitob mutolaasidir. Inson kamoloti manbai ham kitobdir. Darhaqiqat, kitob — insonning dunyoqarashini kengaytirib, nutqini o‘stiruvchi, xotirasi va fikrlash qobiliyatini mustahkamlovchi ma’naviy sarchashmadir. Ana shunday bebaho asarlardan biri — Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tomonidan tasnif etilgan “Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi” nomli kitobdir.

Joriy yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi tomonidan mazkur asarning taqdimoti o‘tkazilib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirni Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi, ustoz Habibulloh domla Zokirov ochib berib, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi” kitoblari bugungi kun va kelajak uchun o‘ta dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. U kishi asarning xalqimiz, imomlar, noiblar va otinoyilar uchun manfaatli bo‘lishini Yaratgandan so‘radilar.

Kitob muqaddimasida har bir o‘quvchi Ustoz Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining marhum ota-onalari haqlariga duo qilish iltimosi keltirilgani ham ayni muddaodir. Chunki ota-ona xizmatini inkor etib bo‘lmaydi — olim farzandning har bir yutug‘ida ularning mehri va duosi turgan bo‘ladi.

Shuningdek, hazratning “Yoshlarga nasihatim” kitoblari o‘zbek va rus tillarida chop etilayotgani ham muborak xabar sifatida qayd etildi. U kishi tomonidan yozilgan “Islomda Vatan tushunchasi”, “Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar”, “Haj — buyuk ibodat”, “Umra — ulug‘ amal” kabi asarlar ham har birimiz uchun muhim qo‘llanma ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida vakillik o‘rinbosari Sulton Jangirov, Abdurauf domla Yorbekov, Oqoltin tumani bosh imom-xatibi Mansurjon Ismailov, Boyovut tumani bosh imom-xatibi Fayzulloh domla Eshbekov kitob haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, Xovos va Mirzaobod tumanlari bosh imom-xatiblari ham asarning ahamiyati, imomlar, noiblar va barcha diniy soha xodimlari uchun muhim manba ekanini qayd etib o‘tdilar.

Guliston shahar bosh otinoyisi Mavluda Yo‘ldosheva ham asarning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida xayrli duolar qilindi va taqdimot ko‘tarinki ruhda o‘z nihoyasiga yetdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Sirdaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti Ma’naviyatga chorlov: “Ey bandalarim...Bir qudsiy hadis sharhi” asarining taqdimoti
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

20.08.2026   855   1 min.
“Arab Tourist”: Samarqand, Buxoro va Xiva — islom sivilizatsiyasi va jahon madaniy merosining bebaho durdonalari

Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.

Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.

Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.

Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari