Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif

25.11.2025   12264   1 min.
Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, ustoz Zayniddin domla Eshonqulov xizmat safari bilan Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Kecha, 24 noyabr kuni shom namozini ado etish maqsadida Polsha Respublikasi poytaxti Varshavadagi “Markaziy” masjidga tashrif buyurildi. Zayniddin domla Eshonqulov shom namoziga imomlikka o‘tib, namozdan so‘ng, namozxonlar va vatandoshlarimiz bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, tashrif davomida Polsha muftiysi Tomash Mitskevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinib, muftiy janoblari Imom Buxoriy majmuasi ochilishi va Islom sivilizatsiyasi markaziga taklif etildi. Tomash Mitskevich mazkur taklifdan katta mamnuniyat izhor qilib, albatta O‘zbekistonga borish niyati borligini bildirdi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyorligini ta’kidladi.

Xufton namozi Varshavadagi “Fotih” masjidida ado etildi. Namozdan keyin vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazilib, safar odoblari, yurtdan uzoqda bo‘lganda ham oila va yaqinlar bilan aloqani uzmaslik, silai rahimni unutmaslik kabi muhim masalalar haqida ma’ruza qilindi. Tashrif davomida yurtdoshlarimizning savollariga javob berildi va duoi-xayrlar qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif Varshava “Markaziy” masjidiga tashrif
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   43683   1 min.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.

Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari