Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Oktabr, 2026   |   20 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:01
Quyosh
06:19
Peshin
12:13
Asr
16:19
Shom
18:09
Xufton
19:24
Bismillah
01 Oktabr, 2026, 20 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

25.11.2025   8287   1 min.

Shu yilning 24–28 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xizmat safarida bo‘ladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya bosh muftiysi va Fatvo markazi rahbari Ahmad Hasanot hazratlari, Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Xaloyala janoblari, Podshoh Abdulloh II nomidagi Imomlar tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbari doktor Abdusattor Qudo, Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti rahbariyati va bir qator sohaga daxldor mutasaddilar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Safar davomida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

- memorandumlar va qo‘shma dasturlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish;

- Iordaniya Fatvo markazi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shar’iy masalalarga javoblar tayyorlash yuzasidan muloqotlar qilish;

- Podshoh Abdulloh II nomidagi Imomlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi va shu kabi kasb-mahoratni oshirish kurslarida diniy soha xodimlari sonini oshirish;

- iordaniyalik olimlar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish; 

- ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ustoz va talabalar almashinuvini muhokama qilish;

- Iordaniyaning vaqf mulkchiligi, masjidlarni boshqarish, qadamjolarni saqlash tajribasini o‘rganish va o‘zaro ziyorat turizmini rivojlantirish; 

- boshqa sohaga daxldor mutasaddi idoralar bilan hamkorlik masalalarini yo‘lga qo‘yish. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar

24.09.2026   50489   1 min.
Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar

Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda ularning ezgu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. 

Shu yil 23 sentyabr kuni Diniy idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Muloqotlarda masjidlar va imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, umra ziyorati va boshqa masalalarda batafsil tushuntirishlar berildi. Zaruriy ehtiyojmand murojaatchilarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, kelganlar orasida xayrli duo va maslahat olish niyatidagi yurtdoshlarimiz ham bo‘ldi.

Ko‘rsatilgan alohida e’tibor va muammolariga yechim topilganidan mamnun bo‘lganlar minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.

Ma’lumot o‘rnida, aholi murojaatlarini tinglashga qaratilgan bu kabi ochiq qabullar har chorshanba kuni Diniy idoraning hududiy vakilliklari va barcha jome masjidlarda imom-xatiblar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
O'zbekiston yangiliklari