Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Oktabr, 2026   |   20 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:01
Quyosh
06:19
Peshin
12:13
Asr
16:19
Shom
18:09
Xufton
19:24
Bismillah
01 Oktabr, 2026, 20 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

25.11.2025   8284   1 min.

Shu yilning 24–28 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xizmat safarida bo‘ladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya bosh muftiysi va Fatvo markazi rahbari Ahmad Hasanot hazratlari, Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Xaloyala janoblari, Podshoh Abdulloh II nomidagi Imomlar tayyorlash va malakasini oshirish instituti rahbari doktor Abdusattor Qudo, Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti rahbariyati va bir qator sohaga daxldor mutasaddilar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Safar davomida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

- memorandumlar va qo‘shma dasturlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish;

- Iordaniya Fatvo markazi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shar’iy masalalarga javoblar tayyorlash yuzasidan muloqotlar qilish;

- Podshoh Abdulloh II nomidagi Imomlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi va shu kabi kasb-mahoratni oshirish kurslarida diniy soha xodimlari sonini oshirish;

- iordaniyalik olimlar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish; 

- ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ustoz va talabalar almashinuvini muhokama qilish;

- Iordaniyaning vaqf mulkchiligi, masjidlarni boshqarish, qadamjolarni saqlash tajribasini o‘rganish va o‘zaro ziyorat turizmini rivojlantirish; 

- boshqa sohaga daxldor mutasaddi idoralar bilan hamkorlik masalalarini yo‘lga qo‘yish. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Sayidaty”: O‘zbekiston — boy tarix, hayratlanarli me’morchilik va betakror madaniyat diyori

24.09.2026   59662   1 min.
“Sayidaty”: O‘zbekiston — boy tarix, hayratlanarli me’morchilik va betakror madaniyat diyori

Saudiya Arabistonining “Sayidaty” onlayn-jurnalida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekiston boy tarix, hayratlanarli me’morchilik va betakror madaniyatga ega yo‘nalish hisoblanadi. Markaziy Osiyoda joylashgan ushbu mamlakat Buyuk ipak yo‘lida gullab-yashnagan qadimiy shaharlari, go‘zal tabiiy manzaralari va mehmondo‘st xalqi bilan mashhur. Sayyohlarning qiziqishlaridan qat’i nazar — tarix yoki tabiat bo‘ladimi  mamlakat boy va rang-barang taassurotlar ulashuvchi ko‘plab diqqatga sazovor joylarni taklif etadi.

Nashr tashrif buyurish tavsiya etiladigan asosiy maskanlar va tadbirlar qatorida Samarqanddagi Registon maydonini alohida ajratib ko‘rsatgan. Koshinlar va yorqin ko‘k plitkalar bilan bezatilgan uchta tarixiy madrasani o‘z ichiga olgan ushbu me’moriy durdonada mehmonlar shahar manzarasini tomosha qilish uchun yuqori ayvonlarga ko‘tarilishlari, kechqurun esa yorug‘lik shousidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Buxoroda esa arxeologik artefaktlar muzeyi va shahar manzarasi ochiladigan Buxoro amirlarining sobiq qarorgohi — Ark qal’asiga hamda o‘ymakor yog‘och ustunli va osoyishta hovuzli Bolohavz masjidiga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, yo‘l ko‘rsatkichda YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xivadagi Ichan-Qal’a ichki shahrining tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish va har bir bekati betakror qandillar va mozaikalar bilan bezatilgan Toshkent metropoliteniga tashrif buyurish taklif qilinadi. Mahalliy madaniyat va gastronomiya bilan tanishish uchun sayyohlarga Toshkentdagi Chorsu bozori tavsiya etiladi, u yerda an’anaviy palovni tatib ko‘rish, gilam va sopol buyumlar kabi qo‘l mahsulotlarini sotib olish hamda mahalliy sotuvchilar bilan muloqot qilish mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari