frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

"Osonlashtiring!"

27.11.2025   8225   1 min.

Islom mutaassiblikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan dindir. U o‘ziga e’tiqod qiluvchilarni torlikka chaqirmaydi. Islom manbalari – Qur’on va sunnatda mutaassiblikka undovchi biror narsa yo‘q. Aksincha, kishilarni islomga undash Qur’oni karim ko‘rsatib berganidek, hikmat, go‘zal mav’iza va chiroyli bahs ila amalga oshiriladi. Bu esa mutaassiblik, biror masalani tor olishga butkul teskari bo‘lgan uslubdir.

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislarning birida: "Osonlashtiring – qiyinlashtirmang, xushxabar bering nafratlantirmang", - deya marhamat  qilinadi. Ushbu chaqiriq mutaassiblikni inkor etadi. Zero, mutaassiblikdan nafrat, bag‘rikenglikdan esa xushxabar yuzaga keladi. Demak, islom mutaassiblikni inkor etar ekan, u terrorni, tinch aholi orasida vahima keltirib chiqarishni va begunoh insonlarning qonini to‘kishni ham qoralaydi. Islomning nazdida bir odamning joniga qasd qilish butun insoniyatning joniga qasd qilish bilan barobardir.

Qur’oni karimda bu haqda: "Kimki biron jonni o‘ldirmagan va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi", - deyiladi. (Moida surasi, 32-oyat) Shunday ekan, islomni mutaassiblik bilan bog‘lash yanglishishdir. Din nomidan qo‘poruvchiliklar qilishning muqaddas islom ta’limotiga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Abduvahob Yaqubboyev,

Namangan tumani "Mirzaboy Xolto‘raboy" masjidi imom-xatibi

@SOFTALIMOTLAR

MAQOLA
Boshqa maqolalar

To‘rt narsani zinhor tark etmang

26.06.2026   2992   1 min.
To‘rt narsani zinhor tark etmang

Naqshbandiyya tariqati ta’limotlaridan


Besh toifa insonga zinhor qattiqqo‘llik qilmang (qalbini og‘ritmang):

(خَمْسَةٌ لَا تَقْسُ عَلَيْهِمْ:)

Yetim (اليَتِيم)

Miskin (المِسْكِين)

Ayol kishi (المَرْأَة)

Bemor (المَرِيض)

Faqir (kambag‘al) (الفَقِير)

 

Besh toifa insonni zinhor yomon ko‘rmang:

(خَمْسَةٌ لَا تَكْرَهْهُمْ:)

Onangiz (أُمُّكَ)

Otangiz (أَبُوكَ)

Opangiz / Singlingiz (أُخْتُكَ)

Akangiz / Ukangiz (أَخُوكَ)

Jufti halolingiz (rafiqangiz) (زَوْجَتُكَ)

 

To‘rt narsani zinhor qilmang:

(أَرْبَعَةٌ لَا تَفْعَلْهُمْ:)

Hasad (الحَسَد)

G‘azab (الغَضَب)

Kibr (التَّكَبُّر)

G‘urur (manmanlik) (العُجُب / الغُرُور)

 

To‘rt narsaga (yoki kimsaga) zinhor xiyonat qilmang:

(أَرْبَعَةٌ لَا تَخُنْهُمْ:)

Robbingizga (رَبُّكَ)

Diningizga (دِينُكَ)

Rasulingizga (رَسُولُكَ ﷺ)

Vataningizga (وَطَنُكَ)

 

To‘rt narsani zinhor tark etmang (aloqani uzmang):

(أَرْبَعَةٌ لَا تُقَاطِعْهُمْ:)

Namoz (الصَّلَاة)

Qur’on (القُرْآن)

Zikr (الذِّكْر)

Silai rahm (qarindoshlik rishtalari) (صِلَةُ الأَرْحَام)

Homidjon qori ISHMATBЕKOV