frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)

09.12.2025   11674   1 min.
Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)

Bugun, 8 dekabr kuni Makka shahridagi “Marmara” mehmonxonasida Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ayni kunlarda Makkai mukarramada toatu ibodatlar bilan bo‘lib turgan 240 nafardan ziyod ziyoratchilarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi.  

Mutasaddi vakillarimiz umra safarida bo‘lib turgan hamyurtlarimizni  qomusimiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etib, yurtimizda so‘nggi yillarda bo‘y ko‘rsatayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erkinlik ne’mati, uni asrab-avaylash va qadrlash barcha yurt farzandlarining burchi ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.  

Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda keyingi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani, jumladan, umra ziyorati bir necha yuz ming nafarga, Haj kvotasi esa 15 ming nafargacha oshirilgani, ularga xizmat ko‘rsatish, mavjud sharoitlar havas qiladigan darajaga ko‘tarilgani, bunga hozirda umra amalini ado etayotgan hamyurtlarimiz bevosita guvoh bo‘layotgani qayd etildi.  

Tadbirda ishtirokchilarni yaxshi tilak va duolar bilan qutlash barobarida bayram shirinliklari ham ulashildi. Ko‘taringki va samimiy ruhda o‘tgan tadbir ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.  

Alloh taolo yurtimizni tinch va farovon, xalqimizni xotirjam va baxtiyor aylasin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada Konstitutsiya bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   15153   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari