O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro'yxati
2024 yil 10 yanvar' holatiga ko'ra
Batafsil infografikada






Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati
Bugun Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Shoh Mashrab” jome masjidida imom-xatiblar, noiblar va otinoyilar ishtirokida 2025 yil yakunlari hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Hafizullo domla Zayniyev so‘zga chiqib, yurtimizdagi diniy-ma’rifiy islohotlar va soha xodimlarining jamiyatdagi o‘rni, xususan, imomlarning shaxsiy namuna bo‘lishlari muhimligini ta’kidladi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Shoxruhmirza Mamadiyev esa hududdagi xayriya ishlari va ma’naviy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligiga to‘xtaldi.
Yig‘ilishda otinoyilar oldida turgan dolzarb vazifalar — «mahallabay» ishlash, oilalarni yarashtirish va bid’at-xurofotlarga qarshi kurashish masalalari alohida muhokama qilindi.
Tadbir yakunida faol imomlar va otinoyilar tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati