O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev tomonidan bir guruh faxriy ustozlar — Hoshimjon domla Sobirov, Shayxmuhammad domla Allayarov, Bokibulloh domla Atagullayev va boshqa ustozlar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a va salomlar taqdim etildi.
Shuningdek, sohada faoliyat yuritgan barcha faxriy ustozlar xotirlanib, uylaridan xabar olindi, Qur’oni karim tilovat qilindi va ularning ruhi pokiga duolar qilindi.
Zamaxshariy.uz
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati