frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi

11.01.2026   13203   1 min.
Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi

2026 yil 10 yanvar kuni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy tashabbus amalga oshirildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan muassasaga 15 dona smart doska, shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan zamonaviy televizorlar taqdim etildi.
 

Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farxod Kushakov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, bosh imom xatib Rahmatillo domla Usmonov hamda tuman hokimining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Sharopov ishtirok etdi.


Tadbir davomida yurtimizda, jumladan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar ta’limi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalarni mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida faol bo‘lishga chaqirildi.

“Xoja Buxoriy” O‘MITM
Matbuot xizmati

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar topshirildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   18630   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari