Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448
Yangiliklar

Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

13.01.2026   10429   1 min.
Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2024–2025 o‘quv yilida diniy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlab, viloyat masjidlarida xizmat vazifasiga tayinlangan yosh imomlar va imom-noiblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mazkur tadbir yosh soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda zarur tavsiyalar berish hamda kasbiy faoliyatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.


Uchrashuvda Namangan viloyat bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirok etib, o‘z nutqlarida yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, soha xodimlarining bilim va mahoratini muntazam oshirib borishi, zamonaviy ilm-fan va axborot texnologiyalarini chuqur egallashi muhim ekanini ta’kidladilar.


Shuningdek, peshvolik mas’uliyati, mav’iza qilish odob-axloqi, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish, din va xalq manfaatlari yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish lozimligi alohida qayd etildi.


Uchrashuv yakunida yosh soha xodimlariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlash kasbiy kamolotning muhim omili ekani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi Yosh imomlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   1316   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari