#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qarorga ko‘ra, (https://t.me/huquqiyaxborot/19244) barcha vazirlik va idoralarda:
– 2026 yil 1 martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
– har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug‘at
va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
– 2026 yil 1 aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi;
– kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
– tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
https://t.me/huquqiyaxborot
Buyuk Britaniyaning London shahrida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan vatandoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
Jumladan, London shahrining Beksley hududida Al-Xorazmiy markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 80 ga yaqin vatandoshimiz ishtirok etdi. Dastlab iftorlik dasturxoni yozilib, so‘ng taroveh namozi ado etildi.
Iftorlik va taroveh namozi orasida “Islom insoniylik dinidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Shuningdek, London shahrining Janubiy Vudford hududida joylashgan Central Asia Community (Markaziy Osiyo jamoasi)da ham iftorlik tadbiri o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin vatandosh qatnashdi. Yig‘inda “Islom – tinchlik va go‘zal axloq dini” mavzusida ma’ruza qilib berildi.
Suhbat va ma’ruzalar Toshkent shahridagi “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov tomonidan olib borilmoqda. Taroveh namozlarida Qur’oni karim xatmi ham ado etilmoqda.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni birlashtirib, ulardagi vatanparvarlik hissini oshirishga, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati