Bismillahir Rohmanir Rohiym
Oqil kishi biror narsaga jasadidan oldin aqli bilan erishadi
Muvaffaqiyatli talabaning muvaffaqiyat siri nimada? Albatta, imtihon lahzasi uni hargiz tark etmagan talabaning muvaffaqiyat va ijtihod siri uning e’tiborli ekanidadir. Ammo, dangasa talaba esa, imtihon vaqtini unutadi, har kunligini boshqa kunlargidek o‘tkazadi, do‘stlari bilan birga xursandchilik qiladi, ya’ni imtihondan sustkashlik qiladi.
Muvaffaqiyatli talaba hech qachon imtihon paytini yodidan chiqarmaydi.
Umrning qiymati uni mazmunli bo‘lishligida. Muddatida emas!
Inson umrining qiymati solih amallar va mazmunli bo‘lishligidadir. Muddatini uzun bo‘lishligida emas! Gohida hayot juda mazmunli bo‘ladi, gohida esa teskarisi.
Imom Shofe’iy rahimahulloh ellik yildan ozroq vaqt umr kechirdilar. Ammo, u kishi hisobini Alloh taologina biladigan yaxshiliklarni tark etdilar.
Imom Navaviy rahimahulloh ham ellik yildan ozroq vaqt umr kechirdilar va u kishi ham juda ko‘p yaxshiliklarni tark etdilar. Bularning hisob-kitobini Allohning o‘zi biluvchidir.
Ba’zi insonlar to‘qson yil va undan ham ko‘p umr kechiradilar. Biror narsaga qo‘l urmaydilar. Ayni shu – mazmunsiz umrdir. Shu bois ham ulamolar “Umrning qiymati solih amallar bilan” degan fikrga to‘xtalishgan.
Haqiqiy umr – solih amallarga boy bo‘lganidir.
Inson umrini zamondan iborat desa, u qadr-qiymati yo‘q umrdir.
Inson umrini solih amallarda desa, u umrlarning eng ulug‘idir.
Alloh taolo o‘rganayotgan ilmimizga amal qiladigan va uni boshqalarga yetkazadiganlardan qilsin!
Doktor Muhammad Rotib Nabulsiy ma’ruzalaridan
Abdussami’ Xayrulloh tarjimasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida 2026-2027 o‘quv yilining 1-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov boshqardi.
Majlisda muassasaning yangi o‘quv yilidagi faoliyatiga oid quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi:
Institut Kengashi, tarkibiy bo‘limlar va kafedralarning 2026-2027 o‘quv yiliga mo‘ljallangan yillik rejalari hamda o‘tgan o‘quv yilidagi buyruqlar va murojaatlar ijrosi tahlil qilindi.
Bitiruv malakaviy ishlari mavzulari tasdiqlanib, ilmiy rahbarlar biriktirildi; fan oyliklari, to‘garaklar tashkil etish hamda yangi o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish masalalari hal etildi.
Talabalar turar joyi to‘lovlari, ichki tartib-qoidalar va professor-o‘qituvchilar navbatchiligi tasdiqlandi.
Ta’lim tizimida ilk bor “Faxriy doktor”, “Faxriy professor”, “Faxriy dots.nt”, “Faxriy ustoz” va “Faxriy talaba” maqomlarini ta’sis etish, tegishli nizom hamda ko‘krak nishonlari eskizlari ma’qullandi.
Institutning 55 yillik yubileyini keng nishonlash rejasi, muassasani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tayyorgarligi hamda 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish so‘nggida kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati