Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Yanvar, 2026   |   8 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:39
Peshin
12:41
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:52
Bismillah
27 Yanvar, 2026, 8 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

26.01.2026   1434   1 min.
Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan ishlar doirasida Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar chaqqonlik, epchillik va sport mahoratini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitini yaratdilar. Tadbir diniy soha xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, chaqqonlik va sabr-toqatni namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindor bo‘ldilar:

1-o‘rin — Boboqulov Sadam, Peshku tumani “Xo‘ja Peshko‘” masjidi imom-noibi
2-o‘rin — Najmiddinov Asatillo, Buxoro shahri “Umar ibn Xattob” masjidi imom-xatibi
3-o‘rin — Bozorov Vahobiddin, Peshku tumani “Chiqirchi” masjidi imom-xatibi

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ijobat bo‘lgan duo

26.01.2026   1251   1 min.
Ijobat bo‘lgan duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Nuh alayhissalom bor yo‘g‘i to‘rt kalimadan iborat duo bilan Yer kurrasini suvga g‘arq qildilar:

أَنِّى مَغْلُوبٌ فَٱنتَصِرْ

“Men mag‘lubdirman, yordam qilgin!” (Qamar surasi, 10-oyat).

 

Sulaymon alayhissalom esa, bor yo‘g‘i uchta kalimadan iborat duo bilan Yer yuziga hukmron bo‘ldilar:

وَهَبْ لِى مُلْكًا

“Menga mulk (hukmronlik) bergin!” (Sod surasi, 35-oyat).

Demak, biror narsaga erishmoq, ta’sir etmoq, asar qoldirmoq uchun uzundan uzoq duoga hojat yo‘q ekan. Bor yo‘g‘i, Allohga ixlos va ishonch bilan chin dildan duo qilinsa, bas. Zero, Alloh taolo va’da bergan:

ٱدْعُونِىٓ أَسْتَجِبْ لَكُمْ

“Menga duo qilingiz, Men (duolaringizni) ijobat qilaman” (G‘ofir surasi, 60-oyat).

 

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar